
UNIWAY CLUB
Turkiyadagi o‘zbek talabalari uchun yagona muhit – bu Uniway Club!
Turkiyada yangi hayotingizni boshladingizmi? Endi sizni nafaqat darslar va hujjatlar, balki haqiqiy talabalik hayoti, vatandoshlar bilan muloqot va rivojlanish sari yangi qadamlar kutmoqda.
Rasmiy hamkorlik va ishonchli tayanch
Uniway Club o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Istanbuldagi Bosh konsulligi bilan hamkorlikda olib boradi. Bu hamkorlik klub faoliyatiga rasmiylik, barqarorlik va huquqiy asos kiritadi.
Yana bir katta afzallik — Uniway Club o‘z faoliyatini O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulligi bilan hamkorlikda olib boradi. Bu esa klubimizning rasmiylik darajasini oshiradi, ishtirokchilarga muhim loyihalarda qatnashish, huquqiy va amaliy jihatdan to‘g‘ri yo‘l tutish, hamda konsullik ko‘magiga yanada yaqin bo‘lish imkonini beradi.
Uniway Clubga qo‘shilishingiz bilan, siz shunchaki bir guruh a’zosi emas, balki o‘zingizni tushunadigan, qo‘llab-quvvatlaydigan yangi oila a’zosi bo‘lasiz. Ota-onangizdan uzoqda ham sizni eshitadigan, yo‘naltiradigan va sizga yelkadosh bo‘ladigan jamoa borligini his etasiz.









Transfer Xizmati
Talabalar uchun maxsus tashkil etilgan transfer xizmatimiz bilan aeroportdan to universitetgacha xavfsiz va qulay yetib boring.
Turkiyada yolg‘iz emassiz — Uniway Club va O‘zbekiston Bosh konsulligi har doim siz bilan birga!
Uniway Club rasmiy veb-saytiga tashrif buyurib, a’zo bo‘lish orqali o‘zbek talabalari uchun yaratilgan imkoniyatlardan foydalaning.